Navro'z – tabiatning uyg‘onish fasli, hayot bayramii, milliy odat va qadriyatlarimizning eng oliy timsolidir.
Navro'z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz sahovatining , shu bilan birga bizning necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdig‘idir.Navro‘z ayyomining hayotbaxsh ruhi umumbashariy qadriyatlarga hamohangdir. Shu bois, u mamlakatimizdagi barcha millat va elat vakillarining, yoshu-qari barcha insonlarning umumiy shodiyonasiga aylangani bejiz emas. Bu holda O’zbekistonimizdagi ahillik, mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik barqarorligining dalolatidir.
Haqiqatdan ham Navro‘z umumxalq bayrami bo‘lib, unung bir qator xususuiyatlari bor. Jumladan Navro‘z shunday ruhiy kayfiyatni vujudga keltiradiki, unda yilning boshqa kunlariga nisbatan hamma xursand, shod va bahtiyor bo‘lgan. Qadimdan bayramlar ma’lum vaqtda takrorlanib turgani uchun o‘ziga xos vaqt o‘lchovi hisoblangan. Chunonchi, Navro‘z- yil boshini nishonlash vaqti kelganda, odamlar yana bir yil o‘tganligini chuqurroq his qilganlar. Shunday ekan, Navro‘z vaqtni chuqur his qilish e’zozlash, qadriga yetishga sharoit yaratgan. Navro‘z hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettiradigan ko‘zgu bo‘lib kelgan. Kishilar Navro‘z bayrami kuni eng yaxshi odatlarni namoyish qilib, go‘zal libos va kiyimlar kiyishgan, lazzatli taomlar tayyorlashgan, o‘zlaridagi qobiliyatlarini, ijodiiy havaskorlikni namoyish etganlar hamda ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lganlar. Deydilarki, Navro‘z kuni yomonlar- yaxshi, xasislar- saxiy, xunuklar- go‘zal, go‘zallar yanada go‘zal bo‘lib ketishar ekan.
Navro‘z jismoniy va aqliy mehnatdan ozodlik va turli majburiyatlardan erkinlik kuni hisoblangan. Odamilar kundalik ish, vazifa, burch, tashvishlaridan ozod bo‘lganlar.Bayram kunlari barcha qiyinchiliklar, dardu-alamlar unutilgan, kishilar o‘zlarini shodu-xursand bo‘lishga shaylaganlar. Bu kuni odobsizlik, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, fisqu-fasod kabi yomon odatlar unitilgan. Navro‘z kuni tenglik hukum surgan. Hamma bir qozondan ovqat yeb, bir xil tomosha ko‘rgan, bir xil sayilgohlarga chiqib sayr qilishgan. Navro‘z kunlarida vujudga kelgan ruhiy ko‘tarinkilik kishilarning ertangi kuniga yaxshi umidlar bog‘lashga, porloq kelajakka ishonch bilan qarashga hayotni yanada go‘zal qilishga undagan. Bu bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashgan, yutuqlari bilan qutlashgan, ishlariga muvaffaqiyatlar, omad va baxt tilashgan.
Shunday ekan, Naro‘z – kirib kelayotgan yil boshi ilohim yurtimizga qut-baraka, xalqimizga tinchlik xotirjamlik va farovon hayot olib kelsin. Har bir xonadon baxt va quvonch qo‘rg‘oniga aylansin.
Врио генерального директора:
Джураев Азиз Абдикаримович. Приемный день: четверг - с 14:00 до 16:00
1-Заместитель директора и главный инженер:
Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный день: пятница - с 14:00 до 16:00
Заместитель генерального директора по финансово-внешнеэкономическим связям:
Акилов Сардор Фуркатович. Приемный день: среда - с 14:00 до 16:00
Главный инженер:
Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный день: среда- с 14:00 до 16:00