“Yo‘l Loyiha Byurosi” MChJ - kelajak sari qadam!
Respublikamiz taraqqiyoti yo‘lida barcha sohalarda qator ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu qatorda “Yo‘l Loyiha Byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11 sentyabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 460-son qarori ijrosini ta’minlash hamda zamon bilan hamnafas bo‘lish maqsadida bir guruh mutaxassislarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xo‘jalik sohalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning malakasini baholash bo‘yicha ixtisoslashgan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi Kompetentsiya rivojlantirish institutida o‘z bilim va saviyalarini oshirish uchun o‘qishga yo‘naltirdi. Xususan, korxona mutaxassislari seysmik xavf-xatarligi bo‘yicha II, III va IV-toifa ob’yektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish davrida mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislarni sertifikatlash doirasida o‘quv kurslaridan so‘ng murakkab test sinovlaridan o‘tib, mutaxassis sertifikatini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega mutaxassislar:
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqiga ega mutaxassislar:
Jumladan, avtomobil yo‘llari sohasi fidoiysi, uzoq yillar davomida (mehnat staji 56 yil) yo‘l qurilish sohasida ishlagan, o‘z faoliyati davomida ko‘plab muhim loyihalarda ishtirok etib, yuqori malaka va tajriba to‘plagan Agzam Azimov eng yuqori 92 ball bilan testdan o‘tganlarini alohida ta’kidlab o‘tish darkor.
Врио генерального директора:
Джураев Азиз Абдикаримович. Приемный день: четверг - с 14:00 до 16:00
1-Заместитель директора и главный инженер:
Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный день: пятница - с 14:00 до 16:00
Заместитель генерального директора по финансово-внешнеэкономическим связям:
Акилов Сардор Фуркатович. Приемный день: среда - с 14:00 до 16:00
Главный инженер:
Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный день: среда- с 14:00 до 16:00